“Pari Sen-Jermen” klubi yarimhimoyachisi Vitinya 2026-yilgi “Oltin to‘p” sovriniga asosiy da’vogarlar haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.
Portugaliyalik futbolchi tanlov masalasida birinchi navbatda o‘z jamoadoshlarini qo‘llab-quvvatlashini yashirib o‘tirmadi. Shuningdek, u Yevropaning boshqa top-klublarida to‘p surayotgan o‘yinchilarning imkoniyatlarini ham yuqori baholagan.
“Bu yil mukofotni yutishga qodir bo‘lgan ajoyib o‘yinchilar juda ko‘p. O‘z-o‘zidan men uni ‘PSJ’ futbolchilaridan biri yutishini xohlagan bo‘lardim. Masalan, Chempionlar Ligasidagi yorqin ishtiroki uchun Xvicha Kvaratsxeliyani, ajoyib mavsum o‘tkazgan Usmon Dembeleni yoki barcha narsani yutgan Fabian Ruisni ko'rsatishim mumkin. Biroq boshqa jamoalarda ham ajoyib mavsum o‘tkazgan munosiblar bor. Harri Keyn va Kilian Mbappe shular jumlasidandir. Balki qaysidir ismlarni unutgandirman, lekin mening tanlovim — Parij klubi a’zosi, deydi Vitinya.
Ma’lumot uchun, ushbu sovrinning amaldagi g‘olibi “PSJ” futbolchisi Usmon Dembele hisoblanadi. “Oltin to‘p” mukofotini topshirish marosimi shu yilning 26-oktabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.








