Daryo

Keyn Holandni ortda qoldirib, Bundesliga rekordini o‘rnatdi

“Bavariya” Germaniya chempionatining 11-turida yirik hisobda g‘alaba qozondi

1 daqiqa o‘qish10 324 ko‘rishlar0 izoh0

Germaniya Bundesligasining 11-turidan o‘rin olgan “Bavariya” va “Augsburg” uchrashuvi yakunlandi. O‘yin Myunxenning “Arena” stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning bosh hakami sifatida Daniel Shlager ishladi. Uchrashuv 3:0 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi.

Foto: Getty Images

 

“Bavariya”ning angliyalik futbolchisi Harri Keyn xet-trik qayd etdi. Hozirda futbolchi Bundesligada 50 ta golga ega bo‘lib, unga bu natija uchun 43 ta o‘yin kerak bo‘ldi. Shu tariqa Keyn norvegiyalik Erling Holandning 50 ta golni urish tezligi bo‘yicha rekordini buzib, Bundesliganing yangi rekordini o‘rnatdi. Dortmundning “Borussiya”si tarkibida futbolchi bu ko‘rsatkichga 50 ta o‘yinda erishgan.

Ma’lumot uchun, “Bavariya” Germaniya Bundesligasi turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa 11 uchrashuvda 29 ochko jamg‘argan. Navbatdagi turda Myunxen klubi Dortmundning “Borussiya”si bilan uchrashadi. Ushbu uchrashuv 30-noyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar