Daryo

“Husanov transferidan keyin “Manchester Siti”ning o‘zbekistonlik muxlislari ko‘paydi” — “Neftchi” ustozi

“Neftchi” yordamchi murabbiyi Anvar Norqulov Husanovning transfer borasida fikr bildirdi

1 daqiqa o‘qish11 784 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonning “Neftchi” klubi yordamchi murabbiyi Anvar Norqulov Match TV telekanaliga bergan intervyusida himoyachi Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ga o‘tganidan so‘ng, O‘zbekistonda Angliya klubining muxlislari ancha ko‘paygani haqida gapirdi.

Foto: Getty Images
Bu ajoyib hikoyaning boshlanishi! Xudo xohlasa, o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib, o‘z darajasini namoyish etadi. Biz unga muxlislik qilamiz, tezroq jamoaga moslashib, o‘zini ko‘rsatishini xohlaymiz. Angliya kubogi doirasidagi “Leyton Orient” darvozasiga kiritilgan golda unga omad kulib boqdi. Lekin bu natija unga ishonch bag‘ishlaydi, dedi Norqulov Match TV telekanaliga.

Murabbiy hozirda Abduqodir barcha yosh futbolchilarilarga o‘rnak bo‘lishi kerakligini aytdi.

Hozirda Abduqodir barcha yosh futbolchilarilarga o‘rnak bo‘lishi kerak. Ko‘p mehnat qilish, o‘z kasbiga professionallik bilan yondashish zarur. Hozirgi paytda ilgari futbolga qiziqmaganlar ham Angliya chempionatini tomosha qilishni boshladi. Ishonchim komil, “Siti”ning nafaqat O‘zbekistonda, balki butun markaziy Osiyoda muxlislari yanada ortadi, deya qo‘shimcha qildi u. 

Ma’lumot o‘rnida, tojikistonlik mutaxassis 2022-yildan beri “Neftchi” tarkibida faoliyat yuritib kelmoqda. Bungacha u “Xo‘jand” va “Istiqlol” klublarida yordamchi murabbiy bo‘lib ishlagan. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar