Daryo

HAMAS yuborgan jasad garovga olingan shaxsniki emas — Isroil armiyasi

Qaytarilgan to‘rtt jasadning biri noma’lum shaxsga tegishli ekani ma’lum qilindi

1 daqiqa o‘qish10 306 ko‘rishlar0 izoh0

Isroil armiyasi HAMAS tomonidan topshirilgan to‘rtta jasaddan biri garovga olingan Shiri Bibas emas, balki noma’lum shaxsga tegishli ekanini ma’lum qildi. Isroil buni o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvning “qo‘pol buzilishi” deb atadi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.

Foto: Bild

HAMAS 20-fevral kuni halok bo‘lgan 4 nafar garovdagilar jasadini Isroilga topshirdi. Ular orasida 33 yoshli Shiri Bibas, uning o‘g‘illari (2 yoshli Kfir va 5 yoshli Ariel) va 83 yoshli Oded Lifshits borligi ta’kidlandi. Isroil qabul qilingan jasadlarni milliy sud-tibbiyot markaziga yubordi.

Tekshiruvlarda jasadlardan biri noma’lum va Shiri Bibasga tegishli emasligi aniqlandi. Bolalarning DNK namunalari qaytarilgan ayolniki bilan mos kelmagan.

Bu HAMAS tomonidan o‘ta shafqatsiz qoidabuzarlik bo‘lib, kelishuvga ko‘ra u to‘rt nafar halok bo‘lgan garovga olinganlarni qaytarishga majbur. Biz HAMASni Shiri Bibas va o‘g‘irlanganlarning barchasini qaytarishga chaqiramiz, dedi Isroil armiyasining arab tilida so‘zlashuvchi vakili Avichai Adrai.

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi kelishuv garovga olinganlarni ozod qilish va qurbonlarning jasadlarini qat’iy ravishda oldindan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq qaytarishni nazarda tutadi. 

Kfir va Arielning onasi Shirini qaytarish o‘rniga, HAMAS hech narsaga arzimaydigan yuk kabi noma’lum jasadni qaytardi. Bu yangi tubanlik, yovuzlik va shafqatsizlik bo‘lib, bunga teng keladigani yo‘q, dedi Isroilning BMTdagi doimiy vakili Denni Danon.

HAMAS jasadlarni ommaviy namoyishda topshirgandi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antonio Guterrish buni qattiq qoraladi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar