Daryo

Olmaliqdagi koloniyada 21 yoshli mahkum vafot etdi

Holat ombudsman tomonidan nazoratga olindi

1 daqiqa o‘qish20 558 ko‘rishlar0 izoh0

IIV Jazoni ijro etish departamentining Olmaliqdagi 14-sonli koloniyasidan 15-fevral kuni 21 yashar mahkum — Muhammadqodir Po‘latovning jasadi chiqdi. Bu haqda Inson huquqlari bo‘yicha “Ezgulik” jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov Facebookda ma’lum qildi.

Foto: Instagram / Muhammadqodir Po‘latov

Mahkumning Farg‘ona shahrida yashovchi onasi Nigora Qambarovaning aytishicha, u o‘g‘li bilan shu yilning 26—28-yanvar kunlari uzoq muddatli uchrashuvlarda bo‘lgan. Ayolning bildirishicha, o‘g‘li sportning ushbu yo‘nalishida xalqaro turnirlar g‘olibi, bolaligidan mazkur sport turi bilan shug‘ullangan. Biror marta sog‘lig‘idan shikoyat qilmagan, unda biror yondosh kasalliklar kuzatilmagan. Bezorilikda ayblanib, 3 yilga qamalgan yolg‘iz o‘g‘li shu yil avgustida manzil koloniyaga chiqishi kerak bo‘lgan.

Ammo koloniya ma’muriyatining ta’kidlashicha, 14-fevral kuni Muhammadqodirda miokard infarkti va pankreatitning og‘ir formasi kuzatilishi oqibatida vafot etgan. Uning onasi farzandining badanida qiynoq izlari mavjudligi, elektroshoker iziga o‘xshash chiziqlar borligini aytmoqda.

“Bizda shubha tug‘dirgan hozircha yagona jihat koloniya ma’muriyatining mahkumning og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgani haqida uning yaqinlariga xabar bermaganligidir”, deb yozdi Abdurahmon Tashanov.

Mazkur holat Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan nazoratga olinib, holatga doir ma’lumotlar o‘rganilmoqda.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar