Daryo

Gvardiola “Real” klubi ustidan g‘alaba qozonish imkoniyati haqida gapirdi

“Shaharliklar” Chempionlar Ligasi 1/8 bosqichiga chiqish uchun ispan klubi bilan bahs olib boradi. Dastlabki uchrashuvda jamoa 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi

1 daqiqa o‘qish13 430 ko‘rishlar0 izoh0

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasining Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichiga chiqish imkoniyati juda kam ekanini aytdi.

Foto: Icon Sport
“Agar mendan ‘Bernabeuda’ g‘alaba qozonish ehtimoli qanday, deb so‘rasangiz, hozirgi vaziyatni inobatga olgan holda, faqat bir foiz deya olaman. Lekin imkoniyat bor ekan, biz harakat qilamiz, bu aniq”, deya ispaniyalik murabbiyning so‘zlarini keltiradi The Independent nashri.

Ma’lumot uchun, ushbu jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv “Real” foydasiga hal bo‘lgandi. “Manchester Siti” ikki bor hisobda oldinga chiqib oldi, ammo yakunda qo‘shib berilgan daqiqalarda Bellingem tomonidan urilgan gol sabab mag‘lubiyatga uchradi.

Javob o‘yini ertaga, 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. “Manchester Siti” keyingi bosqichga chiqish uchun kamida ikki gol farqi bilan g‘alaba qozonishi kerak. Agar ingliz jamoasi bir gol farqi bilan yutsa, o‘yin qo‘shimcha bo‘limlarga o‘tadi.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” “qirollik klubi” bilan bahsdan so‘ng APL 25-tur doirasida uchrashuvda qatnashdi. “Nyukasl” bilan bo‘lgan uy uchrashuvida “shaharliklar” yirik hisobda (4:0) g‘alaba qozondi. “Real” klubi esa “Osasuna” bilan durang ( 1:1) o‘ynadi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar