Daryo

Gvardiola bir mavsumdagi mag‘lubiyatlar soni bo‘yicha o‘zining antirekordini takrorladi

“Shaharliklar”ning ushbu mavsumdagi mag‘lubiyatlar soni 12 taga yetdi

1 daqiqa o‘qish5 446 ko‘rishlar0 izoh0

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola joriy mavsumda 12-mag‘lubiyatini qabul qilib, shu ko‘rsatkich bo‘yicha shaxsiy antirekordini takrorladi. Bu haqda StatsFoot portali xabar berdi.

Foto: Getty Images

Manbaga ko‘ra, Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” ilgari faqat 2019/2020-yilgi mavsumda shuncha mag‘lubiyatga uchragan.

“Real” bilan o‘yindan tashqari, Gvardiola jamoasi Chempionlar Ligasida “PSJ”ga (2:4), “Yuventus”ga (0:2) va “Sporting”ga (1:4) yutqazgan.

Shuningdek, APLda “Arsenal” (1:5), “Aston Villa” (1:2), “Manchester Yunayted” (1:2), “Liverpul” (0:2), “Tottenhem” (0:4), “Brayton” (1:2) va “Bornmut” (1:2) klublaridan mag‘lubiyatga uchragan. Liga Kubogida esa “Tottenhem”ga 1:2 hisobida yutqazgan. Mavsum yakuniga yetishiga uchrashuvlar ko‘pligini inobatga olsak, bu antirekord yangilanishi mumkin

Eslatib o‘tamiz, “shaharliklar” Chempionlar Ligasi pley-off bosqichining ilk uchrashuvida o‘z maydonida Madridning “Real” klubiga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar