Daryo

Gvardiola “Real”dan uchralgan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi

Chempionlar Ligasi pley-off bosqichidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvda “shaharliklar” so‘nggi daqiqalarda urilgan gol sabab mag‘lub bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish37 964 ko‘rishlar0 izoh0

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola UEFA Chempionlar Ligasi pley-off bosqichining dastlabki o‘yinida Madridning “Real” klubidan uchralgan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.

Foto: Getty Images

Men ko‘p yillardan beri ‘Manchester Siti’da ishlayman va ajoyib jamoaning, haqiqiy mashinaning bir qismiman. Ammo ayni paytda men jamoada yuzaga kelayotgan vaziyatni yengib o‘tishda yordam bera oladigan narsani taklif qila olmayapman. Bu natijalarga hammamiz javobgarmiz. Tan olaman, tizim avvalgidek ishlamayapti. Bitta futbolchini ayblash oson bo‘lar edi, lekin bu bema’nilik. Ayb hammamizda, eng avvalo, menda. Muammo shundaki, biz yetarlicha stabil o‘yin namoyish etmayapmiz”

Ular to‘p bilan yaxshiroq harakat qildi, biz esa biroz asabiylashdik. Javob o‘yinida g‘alaba qozonishga harakat qilamiz, bu ruhiy jihatdan qiyin, oldinda og‘ir o‘yinlar bor. Lekin biz Madridga boramiz, ko‘proq o‘yin ustunligiga ega bo‘lish, g‘alaba qozonish va keyingi bosqichga chiqish uchun raqibga moslashishga harakat qilamiz, deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi Sky Sports nashri.

Ma’lumot uchun, kecha, 11-fevral kuni bo‘lib o‘tgan Chempionlar Ligasi pley-off bosqichining dastlabki o‘yinida “Siti” “qirollik klubi”ga 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Javob o‘yini 19-fevral kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar