Daryo

Oleksandr Usik qachon faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytdi

2024-yil may oyida Usik britaniyalik Tayson Fyurini mag‘lub etib, super og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylangandi

1 daqiqa o‘qish12 918 ko‘rishlar0 izoh0

Ukrainalik super og‘ir vazn toifasidagi bokschi Oleksandr Usik faoliyatini qachon yakunlashni rejalashtirayotganini aytdi.

Foto: Championat

“Menimcha, bokschi sifatida bir yarim yoki ikki yil qoldi. O‘zimni yaxshi his qilyapman. Yana ikkita jang o‘tkazishim kerak. Undan ortig‘i emas”, deydi Usik Sky Sports’ga bergan intervyusida.

2024-yil may oyida Usik britaniyalik Tayson Fyurini mag‘lub etib, super og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylangandi. Dekabrda o‘tkazilgan revansh jangida ukrainalik bokschi yana g‘alaba qozondi.

Usik hozircha faoliyati davomida mag‘lubiyatga uchramagan bokschi hisoblanadi. Bokschi o‘tkazilgan 22 jangning barchasida g‘alaba qozongan.

Avvalroq Bahodir Jalolov agar menga ikki-uch oy vaqt berishsa, Usik bilan jang qilishga tayyor bo‘lishini ma’lum qilgandi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar