Daryo

Konor Makgregor Usik va Fyuri o‘rtasidagi revansh jangi haqida gapirib o‘tdi

Sobiq UFC chempioni Saudiyada bo‘lib o‘tadigan jang borasida gapirib o‘tdi

1 daqiqa o‘qish23 091 ko‘rishlar0 izoh0

Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Konor Makgregor Oleksandr Usik va Tayson Fyuri o‘rtasidagi revansh jangi haqida fikr bildirdi.

Foto: Getty Images

“Albatta, bunday jangchilar, ayniqsa, Oleksandr Usikka qarshi qarama-qarshilikda yutqazish yoqimli emas. Dastlabki jang deyarli teng kurashlar ostida kechgan. O‘sha jangda Fyurida ham bir nechta imkoniyat bo‘lgandi. Tayson o‘z uslubida ko‘p narsani o‘zgartira oladigan yigit. 

Uning Deontey Uaylderga qarshi trilogiyasiga qarasangiz, uning jangdan jangga kuchayib borganini ko‘rasiz. Tayson Fyuri revanshga diqqatini qaratadi va taktik yondashadi deb o‘ylayman. Ammo Usik ham tajribali bokschi. Juda og‘ir jang bo‘ladi”, — deydi Makgregor. 

Eslatib o‘tamiz, Usik va Fyuri o‘rtasidagi revansh jangi 21-dekabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.

Ular o‘rtasidagi ilk jang 19-may tongida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgandi. Jang 12 raund davom etdi va ukrainalik sportchining ochkolar hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. To‘qqizinchi raundda Oleksandr Taysonni nokautga uchratdi, ammo britaniyalik jangni davom ettirishga kuch topa olgandi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar