Daryo

Rasman: Isroil Madrimov dekabr va fevralda jang o‘tkazadi

Usik—Fyuri revansh jangida ishtirok etuvchi o‘zbekistonlik bokschi fevral oyida yana Saudiyada ringga ko‘tariladi

1 daqiqa o‘qish33 732 ko‘rishlar0 izoh0

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida 2025-yilning 22-fevral kuni Riyadh Season tomonidan o‘tkaziladigan professional boks oqshomi ishtirokchilari rasman eʼlon qilindi.

Foto: Matchroom

Ahamiyatlisi, turnir kardidan birinchi yarimo‘rta vazn toifasida sobiq WBA chempioni Isroil Madrimov ishtirokidagi jang ham o‘rin oldi. O‘zbekistonlik sportchi Ar-Riyoddagi uchinchi jangida WBC Interim kamari sohibi, amerikalik Verjil Ortis bilan to‘qnash keladi. Jang 12 raundga mo‘ljallangan.

21-dekabrda bo‘lishi rejalashtirilgan Usik — Fyuri II kardi doirasida o‘zbekistonlik bokschi ukrainalik Sergey Bogachuk bilan to‘qnash kelishi kerak. Ijtimoiy tarmoqlarda bu jang bekor qilingani haqida gaplar tarqaldi.

Matchroom Boxing kompaniyasi rahbari Eddi Xirnning maʼlum qilishicha, o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi dekabr oyidagi jangda ishtirok etadi.

Maʼlumot uchun, 29 yoshli Isroil Madrimov hozirga qadar 12 ta jang o‘tkazib, 10 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan.

26 yoshli Verjil Ortis Junior hisobida esa 22 ta g‘alaba bor. U so‘nggi jangida Madrimovning bo‘lajak raqibi Bogachukni ochkolar hisobiga ko‘ra taslim etgandi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar