Daryo

Samarqandda turistik avtobus ag‘darilishi oqibatida bir kishi vafot etdi

Avtobus Samarqanddan Toshkentga borayotgan bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish20 450 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand viloyatining Jomboy tumanida avtobus ag‘darilishi oqibatida bir kishi vafot etdi.

Foto: Samarqand YHXB 

Viloyati transport boshqarmasining xabar qilishicha, 11-fevral kuni soat 7:00 lar atrofida Jomboy tumani “Samarqand” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1079-kilometrida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi Zhong tong rusumli avtobus harakatlanib kelayotib ko‘prik ustida YTHga uchragan.

“Aniqlanishicha, avtobus haydovchisi Cobalt rusumli transport vositasining holatini inobatga olmasdan tezlikni me’yoridan oshirib yuborgan va tormozni keskin ravishda bosgan”, deyiladi viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabarida.

 Oqibatda bir nafar yo‘lovchi tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Zarnews’ning yozishicha, YTHga uchragan turikstik avtobus Samarqanddan Toshkentga borayotgan bo‘lgan. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar