Daryo

Ukrainaning xalqaro zaxiralari yanvar oyida 43 mlrd dollargacha kamaydi

Ukraina Milliy banki zaxiralarning kamayishiga 535,8 mln dollar miqdoridagi davlat qarziga xizmat ko‘rsatish va uni to‘lash uchun to‘lovlar hamda 3,75 mlrd dollarlik valyuta bozoridagi sotuvlar sabab bo‘lganini ko‘rsatdi

1 daqiqa o‘qish5 204 ko‘rishlar0 izoh0

Ukrainaning xalqaro zaxiralari yilning birinchi oyida 43 milliard dollargacha kamaydi. Bu haqda Ukraina Milliy banki ma’lum qildi.

“2025-yil 1-fevral holatiga ko‘ra, Ukrainaning xalqaro zaxiralari, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 43 milliard dollarni tashkil etdi”, deyiladi regulyator veb-saytida.

Yanvar oyida zaxiralar 1,8 foizga kamaydi.

Foto: Google Images

Ukraina Milliy banki zaxiralarning kamayishiga 535,8 million dollar miqdoridagi davlat qarziga xizmat ko‘rsatish va uni to‘lash uchun to‘lovlar hamda 3,75 milliard dollarlik valyuta bozoridagi sotuvlar sabab bo‘lganini ko‘rsatdi.

O‘tgan yilning noyabr oyida Ukraina Milliy banki yaqin ikki yil ichida xalqaro yordam 2024-yildagi 41,5 milliard dollardan 2025-yilda 38 milliard dollarga va 2026-yilda 25 milliard dollargacha kamayishini prognoz qilgan edi.

Shunga ko‘ra, oltin-valyuta zaxiralari, regulyatorga ko‘ra, “2025-yilda 41 milliard dollarga va 2026-yilda 34,7 milliard dollargacha asta-sekin kamayadi” deyiladi hisobotda.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar