Daryo

Sherzod Asadov Prezident Administratsiyasi shtat birliklarida qisqartirish bo‘lishi haqidagi xabarlarga izoh berdi

“Bu jarayonning hajmi va ko‘lami qay darajada bo‘lishi, mazkur yo‘nalishda tegishli o‘rganish va tahlillar o‘tkazilganidan keyingina maʼlum bo‘ladi”, deyiladi xabarda

1 daqiqa o‘qish8 406 ko‘rishlar0 izoh0

Ijtimoiy tarmoqlarda Prezident Administratsiyasida shtat birliklari kamida 50 foizga, boshqa davlat tashkilotlarida ham qisqartirish bo‘lishi haqida rasman tasdiqlanmagan maʼlumotlar tarqaldi. Holat yuzasidan Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov izoh berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Taʼkidlanishicha, barcha darajalardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida, shu jumladan Prezident Administratsiyasidan tortib quyi tashkilotlargacha bo‘lgan barcha idoralarda shtat birliklarini maqbullashtirib borish ishlari bu — doimiy jarayon hisoblanadi. 

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – bir-birini takrorlovchi funksiyalarni qisqartirish, davlat boshqaruvi tizimi va davlat xizmatchilarining faoliyati samaradorligini oshirish, barcha idoralarda byudjet mablag‘laridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishni taʼminlash.

“Bu jarayonning hajmi va ko‘lami qay darajada bo‘lishi, mazkur yo‘nalishda tegishli o‘rganish va tahlillar o‘tkazilganidan keyingina maʼlum bo‘ladi. 

Shu sababli, ommaviy axborot vositalari, blogerlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu mavzuga doir xabarlarni tarqatishda faqat rasmiy manbalarga tayanishni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar