Daryo

Trampga G‘azo haqidagi so‘zlari uchun impichment e’lon qilishmoqchi

AQSH prezidenti G‘azo sektorini “snos” maydoni deb atab, falastinliklarni ko‘chirish rejasi haqida gapirgandi

2 daqiqa o‘qish12 565 ko‘rishlar0 izoh0

AQSHda demokrat kongressmen El Grin prezident Donald Trampga qarshi impichment e’lon qilishni taklif etdi. Bu haqda The Hill xabar berdi.

Foto: The Hill
“Prezidentga nisbatan impichment harakati boshlandi. Men prezident taklif etgan va sodir etgan tuban xatti-harakatlari uchun unga qarshi impichment hujjatini taqdim etishimni e’lon qilaman”, dedi El Grin.

Kongressmenning so‘zlariga ko‘ra, Oq uy rahbari G‘azo sektoriga oid rejalari tufayli bunga loyiq. Tramp AQSH tarixida vakillar palatasida ikkita impichment olgan yagona prezident hisoblanadi, biroq ikkala safar ham senatorlar tomonidan oqlangan.

Respublikachilar kongressning ikkala palatasida ham ustunlikka ega, shu uchun Trampga impichment e’lon qilinishi dargumon.

Tramp: “AQSH G‘azo sektorini boshqaradi”

AQSH prezidenti  G‘azo sektorini “snos” maydonchasi deb atagandi. U anklav aholisini turli mamlakatlarga, jumladan, Iordaniya va Misrga ko‘chirib o‘tkazish mumkinligini aytgan. U Qo‘shma Shtatlar bu jarayonni moliyalashtirmasligi, chunki xarajatlarni qoplashga Yaqin Sharq davlatlarining qurbi yetishini ta’kidlagandi. Vashington esa mintaqadagi ishlar uchun javobgar bo‘ladi va zarurat tug‘ilganda u yerga o‘z qo‘shinlarini yuborishi mumkinligini aytgan.

Boshqalar qanday munosabatda?

Saudiya Arabistoni hukumati o‘z bayonotida falastinliklarni o‘z yerlaridan siqib chiqarishga qaratilgan har qanday urinishlarni qabul qilmasligini ta’kidlab, Falastin davlati tuzilmagunicha Isroil bilan munosabat o‘rnatmasligini e’lon qildi.

HAMAS Trampning G‘azodagi falastinliklarni chiqarib yuborishga chaqirgan da’vatlarini qoralab, ularni “o‘z yeridan quvish” deb atadi.

Avstraliyaning mahalliy aholisi vakili bo‘lgan siyosatchi Lidiya Torp Trampning G‘azoni “egallash” haqidagi fikrlarini “etnik tozalash va mustamlakachilikning ochiq chaqirig‘i” deb baholadi.

Amnesty International inson huquqlari tashkiloti o‘tgan yilning noyabr oyida Xalqaro jinoiy sud (XJS) Netanyaxuni qamoqqa olish uchun order bergan bo‘lsa-da, uni qamoqqa olmasdan, AQSH “xalqaro odil sudlovga nisbatan nafratini namoyish etayotganini” bildirdi.

AQSHda bir qator demokratlar Trampning rejasini tanqid qildi, demokrat senator Kris Merfi esa AQSHning G‘azoga bostirib kirishi minglab amerikalik askarlarning halok bo‘lishiga va Yaqin Sharqda o‘n yillab davom etadigan urushga olib kelishini ta’kidladi.

AQSH yetakchisi G‘azoni “o‘lim va vayronagarchilik ramzi” deb atagan va odamlarning u yerga qaytishni istashining yagona sababini ularning boshqa boradigan joyi yo‘qligi bilan izohlagan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar