Daryo

Xorazmda transport boshqarmasi bosh mutaxassisi 80 ming dollar olayotganida ushlandi (video)

U tadbirkordan jami 135 ming dollar talab qilib, evaziga turar joy qurish uchun bo‘sh yer maydonini kadastr idoralaridagi tanishlari orqali uning nomiga o‘tkazib berishni va’da qilgan

1 daqiqa o‘qish9 635 ko‘rishlar0 izoh0

Xorazm va Farg‘ona viloyatlarida huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda transport boshqarmasi bosh mutaxassisi va Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Yozyovon tumani bo‘limi bosh mutaxassisi qo‘lga olindi.

Foto: Videodan kadr

Xorazm viloyatining Transport boshqarmasi bosh mutaxassisi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqaroning ishonchiga kirib, boshqa bir fuqaroga tegishli bo‘lgan va Urganch shahrida aholiga transport xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashgan MCHJga qarashli 960 metr kvadrat bo‘sh yer maydonini kadastr idoralaridagi tanishlari orqali uning nomiga o‘tkazib, u yerda ko‘p qavatli turar joy qurishi uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

Evaziga 135 ming AQSH dollari talab qilib, shundan 80 ming AQSH dollarini oldindan olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi to‘rtinchi qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik), 211-moddasi ikkinchi qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegrov harakatlari olib borilmoqda. 

Huquq-tartibot idoralari tomonidan Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Yozyovon tumani bo‘limi bosh mutaxassisi xizmat mavqeidan foydalanib, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida pudratchi korxonaning reyting ballarini ko‘tarish hamda tenderga taqdim qilish maqsadida, haqiqatda mavjud bo‘lmagan qurilish texnikalarining texnik pasporti va yorliqlarini tayyorlab berish evaziga 8700 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi ikkinchi qismi “v” bandi (xizmat mavqeyidan foydalangan holda firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar