Daryo

Namanganda ilk bor xalqaro avtofestival o‘tkaziladi

Festival doirasida retro avtomobillar ko‘rgazmasi, tyuning qilingan avtomobillar namoyishi va avtoustalar bellashuvi o‘tkaziladi

1 daqiqa o‘qish15 213 ko‘rishlar0 izoh0

Namangan yana bir xalqaro festivalga mezbonlik qiladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Gullar shahrida joriy yil 22-fevral kuni avtomobil ishqibozlarini qo‘llab-quvvatlash, avtotyuningdagi yangiliklarni ommalashtirish va avtoturizmni yanada rivojlantirish maqsadida Namangan xalqaro avtofestivali o‘tkaziladi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati

Ilk bor tashkil etilayotgan ushbu festival doirasida retro avtomobillar ko‘rgazmasi, tyuning qilingan avtomobillar namoyishi, avtoustalar bellashuvi, avtomobillar auksioni va ehtiyot qismlar yarmarkasi, sport mashinalari ko‘rigi o‘tkaziladi.

Shuningdek, Namangan shahri bo‘ylab avtoparad bo‘lib o‘tishi, karting musobaqalari va estrada yulduzlarining chiqishlari ham ko‘zda tutilgan.  

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar