Daryo

Isroil qo‘lga kiritilgan rus qurollarini Ukrainaga bermoqchi

Yahudiy harbiylari “Hizbulloh” jangchilarining bazalaridan Rossiyaning “eng zamonaviy” qurollarini topgandi

1 daqiqa o‘qish19 440 ko‘rishlar0 izoh0

Isroil hukumati Livanda va boshqa hududlarda qo‘lga kiritilgan Rossiyada ishlab chiqarilgan qurollarni Ukrainaga topshirishi mumkin. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Ukrainaning Isroildagi elchisi Yevgeniy Korniychuk Isroil tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sharren Haskel bilan buni muhokama qilgan. 

“Ushbu tashabbus har ikki mamlakat duch kelayotgan umumiy tahdidlarni tan olishda muhim qadamdir. Ukraina tomoni bu masala ijobiy hal etilishiga umid bildirdi”, deyiladi diplomatik vakolatxona xabarida.

Bundan tashqari, uchrashuvda “ikki davlat uchun dolzarb umumiy muammolar, xususan, Ukraina va Isroil milliy xavfsizligiga tahdid solayotgan Eron va Rossiya harbiy hamkorligi”ga e’tibor qaratilgan.

“Kun tartibidan oliy va yuqori darajadagi iqtisodiy, konsullik hamda gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish masalalari ham o‘rin olgan”, deyiladi Ukraina elchixonasi xabarida.

Netanyaxu: Isroil armiyasi “Hizbulloh”da Rossiya qurollari borligini aniqladi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 2024-yil harbiylar Livandagi “Hizbulloh” jangchilarining bazalarini tekshirish paytida Rossiyaning “eng zamonaviy” qurollarini topganini aytgandi.

Netanyaxu taʼkidlashicha, BMTning 2006-yilgi rezolyutsiyasiga ko‘ra, Isroil va Livan chegarasi yaqinidan oqib o‘tuvchi Letani daryosining janubida faqat Livan armiyasigagina qurol saqlashga ruxsat berilgan.

Shunday bo‘lsa-da, “Hizbulloh” bu hududda yuzlab tunnel va yashirin joylarni qazigan, u yerda yaqinda bir nechta zamonaviy rus qurollarini topdik, degan Isroil bosh vaziri.

Avvalroq shunga o‘xshash ma’lumot The Washington Post gazetasida e’lon qilingandi. Nashr Isroil rasmiylariga tayanib, Livan janubida armiyaning operatsiyasi davomida Rossiya va Xitoyning tankka qarshi qurollari topilgani haqida xabar bergandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar