Daryo

Navoiyda YPX xodimi 16 yoshli bola sabab vafot etdi

U otasiga tegishli avtomobilda xodimni urib yuborib, qochib ketgan

1 daqiqa o‘qish41 129 ko‘rishlar0 izoh0

Navoiyda 16 yoshli bola otasining mashinasida YPX xodimini urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu ma’lumotni “Daryo”ga Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati tasdiqladi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 19-yanvar kuni soat 1:45 larda Navoiy shahrining Islom Karimov ko‘chasida sodir bo‘lgan. Viloyat YHXB inspektori Jasur Muhammadov davlat raqamisiz, yo‘l harakati qoidalarini buzib harakatlangan Kia Sonet haydovchisiga to‘xtash ishorasini qilgan.

Biroq haydovchi to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, yo‘l harakati qoidasini buzgan holda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan hamda inspektorni urib yuborgan. So‘ngra voqea joyidan qochib ketgan. Inspektor hodisa joyida halok bo‘lgan.

Tezkor surishtiruv harakatlari natijasida Kia Sonet’ni 2008-yilda tug‘ilgan S.M. boshqargani, avtomobil uning otasiga tegishli ekani aniqlangan. Avtomobil yashirib qo‘yilgan joyidan topilib, jarima maydoniga joylashtirilgan.

Inspektor Jasur Muhammadov 1993-yilda tug‘ilgan, 2 farzandning otasi bo‘lgan. U ichki ishlar organlari tizimida 2017-yildan buyon ishlab kelgan.

Jasur Muhammadov
Foto: Navoiy viloyati IIB YHXB

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 266 (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) va 117 (xavf ostida qoldirish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar