Daryo

Tramp o‘zining “Gollivuddagi elchilari”ni tayinladi 

Tramp ushbu “uch nafar g‘oyat iste’dodli shaxslar uning ko‘zi va qulog‘i bo‘lishini, ular nimani taklif qilsa, shuni amalga oshirishini aytdi

1 daqiqa o‘qish10 234 ko‘rishlar0 izoh0

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp amerikalik taniqli kino yulduzlar va o‘zining uzoq yillik tarafdorlari — Silvestr Stallone, Mel Gibson va Jon Voytni ko‘ngilochar sanoatni “har qachongidan ham kuchliroq” qilish maqsadida Gollivudga maxsus elchilar etib tayinladi.

Silvestr Stallone
Foto: WireImage

10 ta “Oskar” nominatsiyasi va 3 ta “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan bu uch aktyor Gollivudda alohida o‘rin tutadi, chunki ularning qarashlari an’anaviy ravishda Demokratik partiyani qo‘llab-quvvatlovchi hamkasblarining aksariyatidan farq qiladi.

Tramp o‘zining Truth Social platformasida Jon Voyt, Mel Gibson va Silvestr Stallonening “Kaliforniyadagi buyuk, ammo jiddiy muammolarga duch kelayotgan Gollivudga maxsus elchilar etib tayinlanishini e’lon qilishni sharafli vazifa” ekanini yozdi.

Jon Voyt va Donald Tramp
Foto: The Independent
“Ular so‘nggi to‘rt yil ichida xorijlik raqobatchilar tufayli ko‘p biznesini yo‘qotgan Gollivudni HAR QACHONGIDAN HAM KATTAROQ, YAXSHIROQ VA KUCHLIROQ qilib qaytarish uchun mening maxsus vakillarim bo‘lishadi”, deydi siyosatchi.

Trampning qo‘shimcha qilishicha, ushbu “uch nafar g‘oyat iste’dodli shaxslar uning ko‘zi va qulog‘i bo‘ladi hamda ular nimani taklif qilsa, shuni amalga oshiradi.

“Bu yana Amerika Qo‘shma Shtatlari kabi Gollivudning oltin davriga aylanadi!”, deya ta’kidladi Tramp.
Mel Gibson
Foto: Shutterstock
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar