Daryo

“Azov”chilar Toretsk yo‘nalishida 20 dan ortiq rossiyalikni asir oldi 

Ular orasida o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘lganlar ham borligi aytilmoqda

1 daqiqa o‘qish7 317 ko‘rishlar0 izoh0

“Azov” jangchilari Toretsk yo‘nalishida 23 nafar rus askarini qo‘lga oldi. Bu haqda Ukraina Milliy gvardiyasi tarkibidagi brigada o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Toretsk yo‘nalishida asirga olingan rossiyalik harbiy xizmatchilardan biri
Foto: Videodan kadr

Xabar berilishicha, asirlar orasida o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘lganlardan tashqari, xandaq janglarida qo‘lga olingan va yerto‘lalardan topilganlar ham bor.    

“Rossiya qurolli kuchlarining bu askarlari omon qolish baxtiga muyassar bo‘ldi, ularning barchasi Toretsk yo‘nalishidagi janglarda asirga olingan”, deb yozadi “Azov”.

Brigadaga ko‘ra, ular tegishli xizmatlarga topshiriladi. Ukrainaliklar ulardan kelgusida asirlarni ayriboshlash uchun foydalanishga umid qilyapti.

Ukraina askari rossiyalik harbiy asirlarni avtobusdan tushirmoqda.
Foto: Videodan kadr

Avvalroq Ukraina armiyasi Kursk viloyatida ikki nafar shimoliy koreyalik harbiyni qo‘lga olib, so‘roqqa tutgani ma’lum bo‘lgandi.

Ukraina — Rossiya urushi

2022-yil Yevropa markazida boshlangan keng miqyosli urush 1056 kundan buyon davom etmoqda. Tomonlar otashkesim ehtimoli haqida tobora ko‘proq gapira boshlagan bo‘lsa-da, jang maydonida buning aks-sadosi ko‘rinmayapti. Eskalatsiya darajasi oshib bormoqda.

Mana shu kabi voqealar fonida Vladimir Putin Donald Tramp bilan Ukraina bo‘yicha muzokaralarda nimalarni talab qilishi haqida taxminlar ilgari surildi.

Andijonlikman, Toshkentda yashayman. Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tamomlaganman. “Daryo” tahririyatida 2024-yil noyabr oyidan buyon muxbir sifatida ishlayman va siyosiy, ijtimoiy hamda harbiy yoʻnalishlarga ixtisoslashgan materiallar tayyorlayman. “If qaʼlasining mahbusi” filmini miriqib tomosha qilaman. Lev Tolstoyning asarlarini, ayniqsa, “Urush va tinchlik”ni yoqtiraman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar