Daryo

Janubiy Koreya prezidenti hibsga olindi 

Tergovchilar mamlakat tarixida ilk bor vaqtinchalik faoliyati to‘xtatilgan, ammo amaldagi prezidentni hibsga oldi

1 daqiqa o‘qish20 406 ko‘rishlar0 izoh0

Janubiy Koreyada tergovchilar ikkinchi urinishda prezident Yun Sok Yolni hibsga oldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Hokimiyatdan chetlatilgan prezidentni hibsga olishga birinchi urinish 3-yanvar kuni sodir bo‘lgandi. Biroq o‘shanda Yun Sok Yolning qo‘riqchilari politsiya hibsga olishiga qarshilik qilgan. 15-yanvar kuni esa uzoq davom etgan qarama-qarshilikdan so‘ng, tergovchilar prezidentni Korrupsiya bo‘yicha tergov byurosiga olib borishga muvaffaq bo‘ldi.

Yun Sok Yol ushlangunga qadar videomurojaat e’lon qilib, hibsga olishni “noqonuniy” deb bilishi, ammo qon to‘kilishining oldini olish uchun tergovchilar va politsiyaga bo‘ysunishga qaror qilganini aytgan.

Dekabr oyi boshida Janubiy Koreya prezidenti mamlakatda harbiy holat joriy etishga muvaffaqiyatsiz urinib ko‘rdi, shundan so‘ng parlament uni isyon ko‘tarishga uringanlikda ayblab, davlat rahbariga impichment e’lon qildi.

Yun 14-dekabrdan (parlament uning impichmenti uchun ovoz berganidan) prezidentlik lavozimidan chetlashtirilgan, ammo uni lavozimidan chetlashtirish uchun impichment Konstitutsiyaviy sud tomonidan ma’qullangan bo‘lishi kerak. Sud qaror chiqarmaguncha, Yun Sok Yol rasman prezident bo‘lib qoladi.

Yunning o‘zi dekabrning birinchi yarmidayoq qo‘zg‘olonga urinish ayblovlarini rad etib, harbiy holat joriy etilishi “siyosiy jihatdan tasdiqlangan qaror” ekanini aytgan. U davlatni  falaj qilgan muxolifatdan himoya qilish uchun shunday qaror qabul qilgandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar