Daryo

Muhammad Saloh yangi jamoaga o‘tish bo‘yicha kelishuvga erishgan — manba

Futbolchi APL klubini yozda erkin agent sifatida tark etadi

1 daqiqa o‘qish25 676 ko‘rishlar0 izoh0

“Liverpul”ning misrlik futbolchisi Muhammad Saloh ingliz klubini tark etishga qaror qilgan. Bu haqda Saudiya Arabistoni Sport Ommaviy Axborot Agentligi a’zosi Abdulhadi xabar qilmoqda.

Manbaga ko‘ra, Saloh Saudiya Arabistoni chempionati klubiga erkin agent sifatida o‘tish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Abdulhadi, ispan manbalariga tayanib, quyidagicha yozgan: “Muhammad Saloh kelgusi mavsumda arab davlatida o‘ynash uchun Saudiya Arabistoni vakillari bilan kelishuv tuzdi, ammo hali u qaysi klubda o‘ynashini bilmaydi”.

Salohning o‘z klubini bilmasligi tabiiy, chunki Saudiya Arabistoni davlat investitsiya fondi (PIF) liga doirasida to‘rt klubga egalik qiladi: “Al-Hilol”, “Al-Ittihod”, “An-Nassr” va “Al-Ahli”. Tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishilgan, ammo tashkilot uning qaysi klubda o‘ynashi haqida oxirgi qarorni qabul qilmagan.

Joriy mavsumda 32 yoshli Saloh APL doirasidagi 19 uchrashuvda 18 gol va 13 assist qayd etgan. Futbolchining “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, 32 yoshli futbolchining bozor qiymati 55 million yevroni tashkil qiladi.

“Liverpul” klubi 19 turdan so‘ng 46 ochko to‘plab, turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar