Daryo

Abduqodir Husanovsiz qolgan “Lans” mehmonda g‘alaba qozondi

Ushbu g‘alabadan so‘ng klub hisobidagi ochkolar soni 27 taga yetdi

1 daqiqa o‘qish8 153 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 17-turida Abduqodir Husanovsiz qolgan “Lans” safarda “Gavr” klubi mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvning 8-daqiqasida Ayyu mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 28 va 77-daqiqalarda gol urgan “Lans” klubi mehmonda g‘alaba qozondi. Himoya markazida Danso—Medina juftligi harakat qildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Lans” hisobidagi ochkolar sonini 27 taga yetkazib oldi va turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda.

Fransiya chempionati

17-tur

12-yanvar, yakshanba

“Gavr” —“Lans” 1:2

Gollar: 1:0 — Ayyu (8),  1:1 — Koyyalipu (28), 1:2 — Machado (77).

“Gavr”: Dema, Zuaui, Lyoris, Kenku, Salme, Sabbi, Juju, Ndiaye, Ture (Sumare, 84), Nego (Kazimir, 83), Ayyu (Targallin, 72).

“Lans”: Koffi, Machado, Medina, Danzo, Frankovski, Diuf, Tomasson (Gradi, 76), Zaruri (Odjediran, 57), Fyuljeni, Sotoka, Koyyalipu (Nzola, 68).

Ogohlantirishlar: Tomasson (13), Ayyu (34), Kenku (62), Koffi (90+3).

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar