Fransiyaning “PSJ” klubi Abduqodir Husanovga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Foot Mercato nashri xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, parijliklar prezidentining strategik maslahatchisi bo‘lgan Luis Kamposning shaxsan o‘zi Husanovni jamoada ko‘rishni istamoqda.
Ayni vaqtda Abduqodir Husanovning transfer narxi 20 mln yevroga baholanmoqda.
Abduqodir Husanov Fransiya chempionatida oktyabr oyining “Eng yaxshi yosh futbolchisi” deb topilgandi.
Avvalroq Abduqodirga APLning bir nechta klublari, xususan “Chelsi”, “Nyukasl” va “Arsenal” klublari qiziqish bildirayotgani ma’lum qilingandi.
Ma’lumot uchun, yosh himoyachi Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) 2004-yil 1-yanvardan keyin tug‘ilgan futbolchilar orasida dunyoning “Eng yaxshi yosh futbolchisi” bo‘lishga daʼvogar bo‘lgan 25 futbolchi ro‘yxatiga kiritildi.








