Daryo

Niko Uilyams: “Saudiya Arabistonida o‘ynashdan umuman maʼno ko‘rmayapman”

Kecha Ispaniya Superkubogining dastlabki yarim finalida “Barselona” “Atletik”ni 2:0 hisobida mag‘lub etgandi

1 daqiqa o‘qish7 960 ko‘rishlar0 izoh0

Ispaniya Superkubogi uchun bahslar Saudiya Arabistonida o‘tkazilmoqda. Kecha tunda dastlabki yarim final bahsida “Barselona” “Atletik”ni 2:0 hisobida mag‘lub etgandi.

Uchrashuvdan so‘ng “Atletik” vingeri Niko Uilyams Supekubok o‘yinlari Saudiya Arabsitonida o‘tayotganini tanqid qildi.

“Ispaniyalik muxlislar borligiga qaramay, mehmonda o‘ynagandek bo‘ldik. Ahamiyati katta bo‘lgan bahsning bunday muhitda o‘tgani achinarli. Agar uyimizga yaqinroq joyda o‘ynaganimizda tribunalar to‘lib ketardi. Saudiya Arabistonida o‘ynashdan umuman maʼno ko‘rmayapman. Bu shunchaki sharmandalik”, — deydi u.

Maʼlumot uchun, turningning ikkinchi yarim finali “Real Madrid” — “Malyorka” bahsi bugun tunda Jiddadagi “Qirol Abdulla” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar