Daryo

Rafinya “Barselona” rahbariyatiga shart qo‘ydi

Braziliyalik futbolchi sabab kiyinish xonasida ziddiyat yuzaga kelgan

1 daqiqa o‘qish24 950 ko‘rishlar0 izoh0

Kutilmaganda “Barselona” kiyinish xonasida ichki ziddiyat yuzaga keldi. El Nacional nashrining yozishicha, braziliyalik futbolchi Rafinya hozir diqqat markazida bo‘lib turibdi.

Foto: BeinSport

Kataloniya klubi dastlab “Atletik” futbolchisi Niko Uilyamsni sotib olishni rejalashtirgan edi. Ammo Rafinya bunga keskin qarshi chiqdi. Manbada yozilishicha, u klub rahbariyatiga shart qo‘ygan: agar Niko transfer qilinsa, u jamoani tark etish masalasini jiddiy ko‘rib chiqadi.

Bu holatdan so‘ng “Barselona” sport direktori Uilyamsning vakillari bilan olib borilayotgan muzokaralarni muzlatib qo‘ydi.

Rafinyaning bunday qat’iy pozitsiyasining sababi bor. U joriy mavsumda ajoyib natijalarni qayd etdi — 50 ta o‘yinda 30 ta gol va 23 ta golli uzatmani amalga oshirib, hozirda Yevropaning eng samarali futbolchilaridan biri bo‘lib turibdi. Braziliyalik futbolchi pozitsiyasidagi mavqeyini saqlab qolishni istamoqda va yangi raqobatchining kelishini xohlamayapti.

Natijada, “Arsenal” va “Chelsi” qiziqayotgan Niko Uilyamsning “Kamp Nou”ga yo‘l olishi ehtimoli pasayib ketgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar