Daryo

“Barselona” Niko Uilyams transferini iyul oyi boshida e’lon qilishi mumkin

Kataloniyaliklar futbolchi uchun 58 mln yevro to‘lashga tayyor

1 daqiqa o‘qish4 379 ko‘rishlar0 izoh0

“Barselona” klubi “Atletik” (Bilbao) hujumchisi Niko Uilyams transferini 2-iyul kuni e’lon qilishga harakat qilmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashrining jurnalisti Ferran Martines o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Foto: Getty Images

Klubning asosiy maqsadi 58 million yevrolik transferni yangi moliyaviy yilga kiritish bo‘lib, ya’ni xarid 2025/26-yil byudjetiga hisoblanadi.

Avvalroq “Barselona” sport direktori Deku futbolchining atrofidagi shaxslar bilan muzokaralar o‘tkazgani xabar qilingandi. O‘shanda Niko Uilyamsning agenti Kataloniyaga do‘stlari bilan ko‘rishish uchun borganini bildirgan, ammo Ispaniya matbuoti aslida Deku bilan yashirin uchrashuv bo‘lganini taxmin qilmoqda.

Ma’lumot uchun, 22 yoshli Niko Uilyams o‘tgan mavsumda “Atletik” safida 45 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 11 ta gol va 7 ta assist yozdirib qo‘ygan. Uning klub bilan shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali Nikoning qiymatini 70 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar