Daryo

“Ukraina kuniga 20 kvadrat kilometrgacha hudud yo‘qotmoqda” — harbiy tahlilchi

Frontning ba‘zi qismlarida yo‘qotishlar nisbati Ikkinchi jahon urushi darajasiga yetgani ma’lum qilindi

1 daqiqa o‘qish11 695 ko‘rishlar0 izoh0

Ukraina har kuni 20 kvadrat kilometrgacha hududini yo‘qotmoqda. Bu haqda “Povernis jivim” fondi rahbari, ukrainalik harbiy tahlilchi Taras Chmu ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2024-yilda Ukraina Xerson, Zaporojye, Donetsk, Lugansk va Xarkov viloyatlarida 3600 kvadrat kilometrga yaqin hududni yo‘qotgan. Taqqoslash uchun, 2023-yilda yo‘qotishlar 540 kvadrat kilometrni tashkil etgan, Ukraina qo‘shinlari esa 430 kvadrat kilometrni bo‘shatgandi.

Chmut joriy yilda Ukraina Kursk viloyatida muvaffaqiyatli operatsiya o‘tkazib, 1100 kvadrat kilometrni nazoratga olgani, shundan 460 kvadrat kilometri hozir ushlab turilganini aytdi.

Shu bilan birga, u Rossiya armiyasi hujum sur’atining ortishini dahshatli ko‘rsatkich deb hisoblaydi. Agar 2024-yil iyun oyida ruslar oyiga 100 kvadrat kilometr (kuniga 3,4 kv/km) siljigan bo‘lsa, sentyabrda bu ko‘rsatkich oyiga 400 kvadrat kilometr (kuniga 13,4 kv/km) ga oshgan. Noyabr oyida esa oyiga 610 kvadrat kilometr yoki kuniga 20,3 kvadrat kilometrga chiqqan.

“Biz har kuni 20 kvadrat kilometr yerimizni yo‘qotmoqdamiz. Har kuni”, deb ta’kidladi Chmut.

Shuningdek, u texnika, o‘q-dorilar va ishchi kuchida katta yo‘qotishlarga qaramay, ruslar hujumni davom ettirayotganini aytdi. Frontning ba’zi qismlarida yo‘qotishlar nisbati allaqachon Ikkinchi jahon urushi darajasiga yetgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar