Daryo

Tailandda sayyoh fil hujumi tufayli halok bo‘ldi

Hodisa qiz filni cho‘miltirayotgan vaqtda yuz bergan

1 daqiqa o‘qish4 990 ko‘rishlar0 izoh0

Tailanddagi sayyohlik maskanlarida maxsus qo‘riqxonalar mavjud bo‘lib, tashrif buyuruvchilar fillarni yuvishi mumkin bo‘ladi. Ulardan birida 22 yoshli ispaniyalik sayyoh fil hujumi tufayli halok bo‘ldi. Bu haqda Sky News xabar berdi.

Ma‘lum qilinishicha, qiz Blanka Oxanguren Garsiya o‘z hamrohi bilan Tailandning janubi-g‘arbidagi Yao Yay orolida bo‘lgan. Juftlik fillardan birini cho‘miltirayotganda, hayvon qizga hujum qilgan. Sayyoh olgan jarohatlaridan halok bo‘lgan.

Mutaxassislar fil yashash va sayyohlar bilan muloqot qilish bosimi tufayli stressga uchraganini aytmoqda.

Tailandda fillarni cho‘miltirish sayyohlar orasida mashhur mashg‘ulotga aylangan. Ko-Yao nomli fillarni parvarish qilish markazi bu vaziyatga o‘z fikrini bildirdi. Ular “fillar bilan xavfsiz muloqotni ta’minlashga” intilib, hayvonlarga nisbatan hech qanday zo‘ravonlik ishlatmasliklarini ta’kidladi.

So‘nggi 12 yil ichida Tailandda yovvoyi fillar hujumi tufayli 240 ga yaqin odam halok bo‘lgan. Birgina 2024-yilda 39 ta o‘lim holati kuzatilgan. Tailand milliy bog‘lari va qo‘riqxonalarida 4 mingga yaqin yovvoyi fillar yashaydi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar