Daryo

Toshkentda bir kechada 7 ta avtomobil YTHga uchradi

Oqibatda ikki haydovchi va bir yo‘lovchi jarohat olgan

1 daqiqa o‘qish13 340 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentda 27-dekabrga o‘tar kechasi uchta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Foto: Toshkent shahar YXHB

Uchtepa tumani THAY ko‘chasida soat 00:40 larda 25 yoshli haydovchi N.K. Tracker avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa va beton simyog‘ochga urilgan. Birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida haydovchi shifoxonaga olib ketilgan.

Foto: Toshkent shahar YXHB

Olmazor tumani Beruniy ko‘chasida soat 00:45 larda Malibu-2, Cobalt, BMW, Matiz rusumli avtomashinalar o‘zaro to‘qnashuvi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. YTH natijasida jabrlangan BMW’ning 32 yoshli haydovchisi F.A.ga tez yordam xodimlari tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Mirzo Ulug‘bek tumani Oltintepa ko‘chasida 20 yoshli haydovchi D.A. boshqaruvidagi Nexia-3 hamda 45 yoshli haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Captiva to‘qnashgan. Nexia-3 haydovchisi shifoxonaga olib ketilgan.

Foto: Toshkent shahar YXHB

Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar