Daryo

Xitoyda mashinasini odamlar ustiga bostirib haydagan shaxs o‘limga hukm qilindi

Uning harakatlari oqibatida 18 nafar maktab o‘quvchisi jarohatlangandi

1 daqiqa o‘qish11 990 ko‘rishlar0 izoh0

Xitoy sudi Changde shahrida mashinasini odamlar ustiga bostirib haydagan shaxsni o‘lim jazosiga hukm qildi.

Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi CCTV xabar berdi.

Foto: CCTV

"2024-yil 23-dekabrda Xunan provinsiyasi Changde shahrining xalq sudi Xuan Venning ishini ochiq ko‘rib chiqdi. Ayblanuvchi jamiyatga xavf tug‘dirgan jinoyati uchun siyosiy huquqlardan mahrum qilinib, o‘lim jazosiga hukm etildi”, deyiladi sud qarorida.

2024-yilning 19-noyabr kuni Xuan Ven Changde shahrining Dingcheng tumanidagi boshlang‘ich maktabga kiraverishda to‘planib turgan odamlar ustiga mashinasida borib urilgan edi. Hodisa oqibatida 18 nafar maktab o‘quvchisi jarohatlangan.

Avvalroq xuddi shunday voqea Xitoy janubidagi Chjuxay shahrida (Guandun provinsiyasi) sodir bo‘lgan edi - 11 noyabr kuni kechqurun 62 yoshli shaxs to‘planib turgan odamlarga borib urilgan. Haydovchi voqea joyidan qochishga uringan, biroq politsiya tomonidan qo‘lga olingan.

20-dekabr kuni tunda  Germaniyaning Magdeburg shahridagi Rojdestvo yarmarkasida 50 yoshli asli saudiyalik shaxs qora rangli BMW avtomobilida katta tezlikda odamlar to’planib turgan joyga bostirib kirib, terakt sodir etgandi.

Voqea oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan, yana 200 ga yaqin kishi turli darajada jarohat olgan. 

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar