Daryo

Germaniyaning Magdeburg shahridagi Rojdestvo yarmarkasida terakt sodir bo‘ldi 

Qora rangli BMW avtomobili katta tezlikda odamlar to’planib turgan joyga bostirib kirdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan, yana 60 kishi jarohatlangan

1 daqiqa o‘qish18 368 ko‘rishlar1 izoh0

 Germaniyaning Magdeburg shahridagi Rojdestvo yarmarkasida qora rangli BMW avtomobili katta tezlikda odamlar to’planib turgan joyga bostirib kirdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan, yana 60 kishi jarohatlangan. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur teraktni sodir etgan shaxs 50 yoshli asli saudiyalik Tolib al Abdulmuhsin bo‘lib, u 2006-yilda Germaniyaga o‘qish uchun kelgan. Ijtimoiy tarmoqlarda Islom diniga qarshi bo‘lgan postlar yozib, Saudiya Arabistoni hukumatini tanqid qilib yurgan.

O'zining vatani Saudiya Arabistonida u terrorizm, odam savdosi bilan bog'liq ayblovlar bilan qidirilmoqda. Germaniya o‘z vaqtida Abdulmuhsinni saudiyaliklarga ekstraditsiya qilishdan bosh tortgan.

Foto: Shot telegram kanali

Jinoyatchi hozirda qo‘lga olingan. Uning o‘zi sodir etgan harakatidan so‘ng mashinadan tushib, yerga yotib olgan va politsiyaga taslim bo‘lgan.

Germaniya kansleri Olaf Shols terakt oqibatida qurbon bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

“Mening barcha o‘y-fikrlarim qurbonlar va ularning oilalari bilan. Biz sizni va Magdeburg aholisini qo'llab-quvvatlaymiz. Men ushbu mashaqqatli soatlarda fidoiy qutqaruvchilarga minnatdorchilik bildiraman", dedi Shols.

Hozirda voqea yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinioyatchi bir o‘zi harakat qilganmi yozi sheriklari bo‘lganmi, aniqlanmoqda.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar