Daryo

O‘zbekistonda atmosferani ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o‘tkazish tartibi belgilandi

Xatlovdan o‘tkazish to‘rt bosqichda amalga oshiriladi

1 daqiqa o‘qish6 993 ko‘rishlar0 izoh0

“Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o‘tkazish hamda unga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini belgilash to‘g‘risidagi yo‘riqnoma” Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Mazkur yo‘riqnoma atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o‘tkazish hamda unga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini belgilash tartibini belgilaydi.

Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o‘tkazish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

  • atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o‘tkazish uchun tayyorgarlik ko‘rish;
  • atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o‘tkazishda o‘lchashlar olib borish va hisob-kitob ishlarini bajarish;
  • atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o‘tkazish natijalarini rasmiylashtirish;
  • atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o‘tkazish natijalarini kelishish va tasdiqlash.

Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o‘tkazish atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

Obyekt tomonidan atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha tuzilgan materiallar rasmiylashtiriladi va obyekt rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Bunda, ushbu materiallar obyekt rahbari tasdiqlagan kundan e’tiboran bir ish kun ichida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining hududiy organiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi va ular taqdim etilgan kundan e’tiboran 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekistonda qonun loyihasi bilan qurilish maydonlarida atmosfera havosi talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilash rejalashtirilmoqda. Prezidentning “Chang bo‘ronlariga qarshi kurashish va atmosfera havosi sifatini yaxshilash bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Toshkent shahri va uning atrofida 2030-yildan boshlab yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi. 2026-yil 1-yanvardan Toshkentda o‘rnatilgan maxsus monitor va tablolarda majburiy ravishda atmosfera havosining ifloslanish darajasi hamda gidrometeorologik maʼlumotlar eʼlon qilib boriladi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar