Daryo

Germaniyada mashinada odamlarni bosib ketgan erkak bunga izoh berdi

Saudiya Arabistoni Germaniyani ushbu qochqin keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan xavf haqida uch marta ogohlantirgan

1 daqiqa o‘qish14 156 ko‘rishlar0 izoh0

Germaniyaning Magdeburg shahrida mashinasida odamlarni bosib ketgan erkak o‘z harakatiga izoh berdi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Foto: AP Photo

Gumonlanuvchi Saudiya Arabistoni fuqarosi hisoblanadi. Uning boshqaruvidagi mashina 20-dekabr kuni kechqurun Magdeburgda olomon ustiga haydagan. Hodisa qoibatida besh kishi halok bo‘lgan, 200 dan ortiq odam jarohat olgan.

Teraktni sodir etgan erkak bunga “Germaniyada Saudiya Arabistonidan kelgan qochqinlarga nisbatan salbiy munosabat” sabab bo‘lganini aytgan. Uning o‘zi ham 2016-yilda qochoq maqomini olgan va Germaniyada yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan.

Der Spiegel xabar berishicha, Saudiya Arabistoni Germaniyani ushbu qochqin keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan xavf haqida uch marta ogohlantirgan. Magdeburgdagi Rojdestvo yarmarkasiga qilingan hujumdan so‘ng, Germaniyaning bir nechta federal yerlarida politsiya o‘z nazoratini kuchaytirmoqda. 

Germaniya kansleri Olaf Shols terakt oqibatida qurbon bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

German Christmas market attack suspect is self-described Saudi dissident -  The Washington Post

“Mening barcha o‘y-fikrlarim qurbonlar va ularning oilalari bilan. Biz sizni va Magdeburg aholisini qo'llab-quvvatlaymiz. Men ushbu mashaqqatli soatlarda fidoiy qutqaruvchilarga minnatdorchilik bildiraman”, degan Shols.

Hozirda voqea yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinioyatchi bir o‘zi harakat qilganmi yozi sheriklari bo‘lganmi, aniqlanmoqda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar