Daryo

Kaya Kallas: “AQSH va Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi savdo urushida qaysi davlat g‘alaba qozonishini aniq ayta olaman”

Kallasning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa ittifoqi ham, AQSH ham savdo urushidan manfaatdor emas

1 daqiqa o‘qish9 256 ko‘rishlar0 izoh0

Agar AQSH va Yevropa ittifoqi savdo urushini boshlasa, yagona g‘olib Xitoy bo‘ladi.

Bu haqda YI diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas Bryusselda bo‘lib o‘tayotgan Yevroittifoq sammitida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa ittifoqi ham, AQSH ham savdo urushidan manfaatdor emas.

Foto: BBC
“Agar biz AQSH bilan savdo urushini boshlasak, bu amerikaliklar uchun ham foydali bo‘lmaydi. Bu urushda qaysi davlat g‘olib bo‘lishini aniq ayta olaman. Bu — Xitoy”, dedi Kaya Kallas.

Avvalroq The Washington Post gazetasi AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp joriy qilmoqchi bo‘lgan tariflar Yevropa ittifoqi mamlakatlariga jiddiy iqtisodiy zarar yetkazishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

“Bu harakatlar Yevropa ittifoqi va AQSH o‘rtasidagi munosabatlarga salbiy ta’sir qiladi”, deb yozdi The Washington Post.

Shu bilan birga, Yevropa Markaziy banki rahbari Kristin Lagard Yevropa yetakchilari Tramp boshchiligidagi yangi Amerika ma’muriyati bilan bojlar bo‘yicha hamkorlik qilishi, shuningdek, savdo urushiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Qo‘shma Shtatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ko‘proq sotib olishi kerak, degan fikrni bildirgandi. 

Foto: Getty Images

Avvalroq CBS News Donald Tramp Xitoy raisi Si Szinpinni 2025-yil 20-yanvarga mo‘ljallangan inauguratsiya marosimiga taklif qilgani haqida xabar bergandi.

Ammo keyinroq mazkur telekanal Si Szinpin Trampning inauguratsiya marosimida qatnashmaslikka qaror qilganini bildirdi.

Inauguratsiyaga odatda elchilar va boshqa diplomatlar taklif qilinadi, ammo davlat departamentining 1874-yilga oid yozuvlari xorijiy yetakchilar hech qachon hokimiyatni topshirish marosimida ishtirok etmaganidan dalolat beradi, deyiladi xabarda.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar