Daryo

Rossiya neftini tashiyotgan kemalar Kerch bo‘g‘ozida cho‘kmoqda (video) 

Kemalar bortida 27 kishi bo‘lgan, dastlabki qurbon haqida ma’lumot berildi

1 daqiqa o‘qish32 753 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiya neftini tashiyotgan “Volgoneft 212” va “Volgoneft 239” kemalari Kerch bo‘g‘ozida halokatga uchradi, bortda mos ravishda 13 va 14 kishidan iborat ekipaj bor. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi “RBK”ga xabar berdi.

Foto: Videodan kadr
Kerch bo‘g‘ozida halokat holatida bo‘lgan “Volgoneft 212” tankeri haqidagi ma’lumot bugun ertalab keldi. Noqulay ob-havo sharoiti, kuchli shamol va dengizning yetti ballgacha to‘lqinlanishi tufayli kema shikastlangan va yordam so‘ragan, deya aniqlik kiritdi idora vakillari.

Keyinroq FVV ushbu hududda 14 kishilik ekipaji bo‘lgan “Volgoneft 239” kemasi shikastlangani haqida xabar bergan. Ikkala kemada ham neft mahsulotlari mavjud bo‘lib, to‘kilish qayd etilgan. Hodisaga jami 50 dan ortiq kishi va 11 ta texnika jalb qilingan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 13 dengizchining barchasi Kerch bo‘g‘ozidagi “Volgoneft 212” tankeridan evakuatsiya qilingan, bir kishi halok bo‘lgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar