Daryo

Eron Ummon sohillari yaqinida neft tankeriga zarba berdi (video)

Skylight nomli tanker Hormuz bo‘g‘ozida yonib ketdi. Uning bortida 20 nafar ekipaj bo‘lgan.

1 daqiqa o‘qish10 960 ko‘rishlar0 izoh7

Palau bayrog‘i ostida suzayotgan neft tankeri Ummon sohillari yaqinida Eron hujumiga uchradi. Kema hozirda cho‘kayotgani aytilgan.

Ma’lum qilinishicha, tanker Musandam yarimoroli yaqinida shikastlangan. Bu AQSH-Isroil hujumi va Eronning javob harakatlari fonida sodir bo‘lmoqda. Tehron biroz avval Dukum portiga ham aviazarba bergan edi.

Tanker nomi Skylight bo‘lib, uning bortida 20 kishi, xususan, 15 nafar Hindiston fuqarosi va besh nafar eronlik bo‘lgan. Ular evakuatsiya qilingan, kamida to‘rt kishi jarohatlangan.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, 150 dan ortiq tanker hozirda ochiq dengizda langar tashlagan. Ular orasida Iroq, Saudiya Arabistoni va Qatar qirg‘oqlarida neft va suyultirilgan gaz ortilgan kemalar bor.

Isroil va AQSH 28-fevral kuni Eronga hujumlarni boshladi, bunga javoban Islom respublikasi AQSHning Yaqin Sharqdagi bazalariga va Isroilga raketalar uchirdi. Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Kuvayt va Bahraynda portlashlar qayd etildi.

AQSHning Bahrayndagi bazasi jiddiy shikastlandi. Mintaqa davlatlarining aksariyati oʻzining havo hududini yopgan, bu davlatlarga kirish va chiqish reyslari toʻxtatilgan. Dubay va Kuvayt aeroportlari dron hujumiga uchragan.

Shuningdek, Eronga berilayotgan zarbalar oqibatida mamlakat oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘ldi. 

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar