Daryo

Gurbanguli Berdimuhamedov qizini yangi lavozimga tayinladi 

Turkmaniston sobiq prezidentining qizi Arqadag‘ shahri qurilishi boshlangach Londondan qaytib kelgandi

1 daqiqa o‘qish37 067 ko‘rishlar0 izoh1

Turkmanistonning sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov katta qizi O‘g‘iljahon Ataboyevani vasiylikdagi bolalarga yordam berish Xayriya jamg‘armasining davolash faoliyati bo‘yicha vitse-prezidenti lavozimiga tayinladi. Bu haqda Turkmen.news xabar berdi.

Foto:  Turkmen.news

Tayinlov 7-dekabr kuni Arqadag‘ shahrida bo‘lib o‘tgan Xayriya jamg‘armasining boshqaruvi yig‘ilishida e’lon qilingan. O‘g‘iljahon Ataboyeva yaqin vaqtgacha Turkmanistonning Londondagi elchixonasida maslahatchi bo‘lib ishlagan Davlat Ataboyevning rafiqasi. Er-xotin Arqadag‘ shahri qurilishi boshlangach Turkmanistonga qaytib kelgan.

Davlat Ataboyev rasmiy ravishda Arqadag‘ qurilishi bo‘yicha davlat qo‘mitasi rahbari Darya O‘razovning maslahatchisi hisoblanadi. Biroq u yerda tibbiyot klasteri obyektlariga yashirincha boshchilik qiladi, deyiladi xabarda.

Gurbanguli Berdimuhamedov va uning rafiqasi O‘g‘ilgerek Berdimuhamedovaning uch farzandi bor: davlat rahbari lavozimida otasining o‘rnini egallagan o‘g‘li Serdar hamda ikki qizi — O‘g‘uljahon va Gulshan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar