Daryo

Sherzod Asadov prezidentning Konstitutsiya kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi

Ushbu kun munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi

1 daqiqa o‘qish11 798 ko‘rishlar0 izoh0

8-dekabr — Konstitutsiya kuni munosabati bilan bugun tantanali tadbir tashkil etildi. Unda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyevning xalqqa yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Davlat rahbarining qutlovida butun xalqqa samimiy tilaklar izhor etilib, mazkur ayyom siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy hayotimizda katta o‘zgarishlar amalga oshirilayotgan tarixiy bir sharoitda o‘tayotgani taʼkidlangan.

Ushbu muhim o‘zgarishlar alohida qayd etilib, islohotlarni jadal davom ettirish, yangilangan Konstitutsiya normalarini hayotga tatbiq etish bundan buyon ham eʼtibor markazida bo‘lishi aytilgan.

“Xalqimizning huquqiy tafakkuri, xohish-irodasining yorqin timsoli va amaliy ifodasi bo‘lgan Asosiy Qonunimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi. Bu noyob qomusning har bir moddasi va qoidasini o‘rganish, ularga hurmat, mehr va eʼtibor bilan munosabatda bo‘lib, to‘laqonli ijro etish barchamiz uchun muqaddas burch va mezonga aylanishini istardim”,- deyiladi prezident tabrigida.

Bayram tadbirida Oliy Majlis aʼzolari, Prezident administratsiyasi, davlat tashkilotlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar