Daryo

Qishloq xo‘jaligi hamda veterinariya va chorvachilik sohalarida institutlar tashkil etiladi

2025-yil 1-yanvargacha ularga nufuzli xorijiy OTMlarni bitirgan vatandoshlar va chet ellik mutaxassislar jalb qilinadi

1 daqiqa o‘qish11 008 ko‘rishlar0 izoh0

Prezidentning “Qishloq xo‘jaligi hamda veterinariya va chorvachilik sohalari kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. 

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qarorga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tashkil etiladi. Shuningdek, Veterinariya va chorvachilik sohasida pedagog hamda mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ham tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Ularda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga qatʼiy hisobda turadigan davlat namunasidagi hujjat hisoblanadigan sertifikat beriladi.

2025-yil 1-yanvargacha ularga nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarini bitirgan vatandoshlar va chet ellik mutaxassislar jalb qilinadi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi institutlarning mahalliy professor-o‘qituvchilarini jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xorijiy yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga malaka oshirish, stajirovka va o‘qishga yuborish choralarini ko‘radi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar