Daryo

Janubiy Koreyada hukmron partiya prezident iste’fosini talab qildi

Prezident harbiy holat payti bir qator yetakchi siyosatchilarni qamoqqa olishni buyurgani ma’lum bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish7 716 ko‘rishlar0 izoh0

Janubiy Koreyada hukmron “Xalq kuchi” partiyasi rahbari Han Dong Hun prezident Yun Sok Yoldan harbiy holat joriy etish bo‘yicha qilgan demarshi tufayli iste’foga chiqishni talab qildi. U davlat rahbari mamlakat uchun katta xavf tug‘dirayotganini aytdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Foto: Janubiy Koreya matbuot xizmati

Bu 7-dekabr kuni yetarli miqdordagi qonun chiqaruvchilar prezidentga qarshi impichment uchun ovoz berishini kafolatlaydi. 5-dekabr kuni Han Dong Hun impichmentga to‘sqinlik qilishini aytgandi. U fikrini o‘zgartirishiga prezident noto‘g‘ri ish qilganini tan olishdan bosh tortgani sabab bo‘ldi.

Yangi faktlarni hisobga olgan holda, men prezident Yun Sok Yolning o‘z vazifasini bajarishdan tezda chetlashtirilishi Koreya va uning xalqini himoya qilish uchun zarur, deb hisoblayman, dedi Han Dong Hun.

U prezident vaziyatga “noqonuniy aralashgan” harbiylarga nisbatan hech qanday choralar ko‘rmaganini bildirdi.

Bundan tashqari, u bu noqonuniy harbiy holat ekanini tan olmaydi, dedi partiya rahbari.

U harbiy holat paytida prezident kontrrazvedka boshlig‘iga “davlatga qarshi faoliyat”da ayblangan bir qator yetakchi siyosatchilarni qamoqqa olishni buyurganini aytdi.

Shu sababli, agar prezident Yun o‘z lavozimida qolishda davom etsa, Koreya va uning fuqarolarini katta xavf ostida qoldiradigan, hozirgi favqulodda vaziyatga o‘xshash keskin harakatlarning takrorlanish ehtimoli yuqori, deya qo‘shimcha qildi u.

Janubiy Koreya muxolifati prezidentga qarshi impichment loyihasini parlamentga taqdim etgan. Parlamentda jami 300 nafar qonun chiqaruvchi bor, 108 o‘rinni prezidentning “Fuqarolik kuchi” partiyasi egallab turibdi. Impichment e’lon qilish uchun 200 ovoz kerak.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar