Daryo

Tramp saylovdagi sobiq raqibini Pentagon rahbari etib tayinlamoqchi — WSJ

Nomzod AQSHning yangi saylangan prezidentini bir necha bor tanqid qilgandi

1 daqiqa o‘qish6 141 ko‘rishlar0 izoh0

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp saylovda sobiq raqibi bo‘lgan Florida gubernatori Ron DeSantisni Pentagon rahbari lavozimiga ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Foto: Reuters

Iroq va Guantanamo qamoqxonasida harbiy-dengiz yuristi vazifasini bajargan DeSantis dastlab mudofaa vaziri lavozimiga nomzodlar ro‘yxatida bo‘lgandi. Tramp o‘shanda bu lavozimga Fox News boshlovchisi Pit Xegsetni tanlagandi. Biroq jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan Xegsetning nomzodi bilan bog‘liq muammolar tufayli DeSantis yana Tramp e’tiboridagi shaxslar qatoriga kirdi.

Agar Xegset nomzodi maqullanmasa, Tramp boshqa nomzodni tanlashi mumkin. Mudofaa vaziri lavozimiga yana bir potensial nomzod Elbrij Kolbidir. U Pentagonning sobiq xodimi va saylangan vitse-prezident Jey Di Vensning hamkoridir. Tramp, shuningdek, Ayova shtatidan bo‘lgan respublikachi senator Jonni Ernst nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda.

Tramp va DeSantis o‘rtasidagi munosabatlar

DeSantis bir paytlar Trampning akoliti sifatida qaralardi, ammo 2024-yilgi praymerizda sobiq prezidentga qarshi chiqishi ular o‘rtasida qattiq ziddiyatni keltirib chiqardi, natijada Tramp DeSantisni sadoqatsizlikda aybladi. Shunday qilib, DeSantis Trampni “porno yulduziga sukut saqlashi uchun pul to‘lagani”ni tanqid qilgan va Tramp birinchi prezidentlik muddatida Obamaga qaraganda kamroq odamni deportatsiya qilganini aytgan.

Foto: SOPA 

DeSantis, bundan tashqari, Trampning yoshini shubha ostiga olgan va u yanvar oyida lavozimga kirishganida, Tramp 2021-yildagi prezident Baydendan kattaroq bo‘lishini qayd etgan. 

Ta’kidlanishicha, Tramp atrofidagi ayrim shaxslar DeSantisni juda yomon ko‘radi. Bu mudofaa vazirligi uchun Xegset nomzodini o‘zgartirmaslikka olib kelishi mumkin.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar