Daryo

Rossiyada farzandini qiynoqqa solgan o‘zbekistonlik ayolga jazo tayinlandi

Ayol uni shafqatsizlarcha urayotgani, yana bir lavhada esa uni yerga ko‘mayotgani tasvirlangan video tarqalgandi

1 daqiqa o‘qish17 005 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyada farzandini muttasil ravishda qiynab kelgan o‘zbekistonlik ayol 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda bolalar ombudsmani xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

2024-yil boshlarida ijtimoiy tarmoqda va qator OAVlarda yosh bolani ayol shafqatsizlarcha urayotgani, yana bir lavhada esa ana shu bolani ayol bilan erkak yerga ko‘mayotgani tasvirlangan video tarqalgandi. U Andijon viloyati Jalaquduq tumanida yashovchi A.G. ekani, 2016-yildan beri Rossiyaning Novosibirsk shahrida turmush o‘rtog‘i B.I. bilan yashab kelishi aniqlangandi. Videotasvirdagi bola esa ularning 2019-yilda tug‘ilgan qizi R.X. bo‘lgan.

O‘zbekiston bolalar ombudsmani Bosh prokuraturaga kiritgan so‘rovi asosida Rossiya Tergov qo‘mitasining Novosibirsk shahri tergov boshqarmasi tomonidan A.G.ga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksi 117-moddasi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Rossiya Tergov qo‘mitasining axborotiga ko‘ra, mazkur jinoyat ishi sud tomonidan ko‘rib chiqilib, A.G. 117-modda (qiynash) 2-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi hamda jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.

Foto: Rossiya Tergov qo‘mitasining Novosibirsk shahri tergov boshqarmasi

Xabarda aytilishicha, qiynoqlardan aziyat chekib kelgan 1,5 yashar bola 2021-yil avgustida vafot etgan. Onasi tibbiy muassasaga xabar bermay, bolani o‘zboshimchalik bilan ko‘mgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar