Daryo

Oleksandr Usik nega hamon faoliyatini davom ettirayotgani haqidagi savolga javob berdi 

“Balki bu hali boshlanishidir?”, — deydi og‘ir vazn toifasida jahon chempioni

1 daqiqa o‘qish19 840 ko‘rishlar0 izoh0

Ukrainalik bokschi Oleksandr Usik nega hamon faoliyatini davom ettirayotganini aytib o‘tdi.

Foto: Getty Images

“Boksdagi yo‘limni bosib o‘tdim? Boks — mening hayotim, bu bilan shug‘ullanish menga zavq beradi. Olimpiada oltin medali va ikki marta mutlaq chempionlik faoliyatini yakunlash degani emas. Balki bu hali boshlanishidir?”, — deydi og‘ir vazn toifasida jahon chempioni. 

Usik 2012-yilda boks bo‘yicha Olimpiada chempioniga aylangan edi. Professional boksda esa birinchi og‘ir va og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, Usikning so‘nggi jangi 19-may tongida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgandi. Tayson Fyuriga qarshi jang 12 raund davom etgan va ukrainalik sportchining ochkolar hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. To‘qqizinchi raundda Oleksandr Taysonni nokautga uchratgan, ammo britaniyalik jangni davom ettirishga kuch topa olgandi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar