Daryo

“Mahalla yettiligi” endi ijtimoiy profilaktika bilan ham shug‘ullanadi

Ularga bu borada tuman (shahar) darajasidagi tegishli davlat organlari va tashkilotlari xodimlari ko‘maklashadi

1 daqiqa o‘qish27 310 ko‘rishlar0 izoh0

Hukumatning “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Qaror bilan tegishli nizom tasdiqlandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hujjatda qayd etilishicha, ushbu tamoyil asosida muammolarni joyida aniqlab, kompleks yondashuv asosida hal etish mexanizmlarini joriy etish zarurati mavjud. 

Huquqbuzarlik sodir etish va undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordam ko‘rsatish (ijtimoiy-profilaktika tadbirlari) bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari bilan elektron axborot almashish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Nizomda belgilanishicha, ijtimoiy-profilaktika tadbirlari “mahalla yettiligi” — mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim va soliq inspektori tomonidan amalga oshiriladi.

Ularga bu borada mehnat organi xodimi, tibbiyot xodimi, maktab direktori, psixologi, inspektor-psixolog, shuningdek, ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriluvchi subyektlarning murojaatiga asosan tuman (shahar) darajasidagi tegishli davlat organlari va tashkilotlari xodimlari ko‘maklashadi.

Ijtimoiy-profilaktika tadbirlari quyidagi shaxslarga nisbatan amalga oshiriladi:

  • huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli bo‘lgan shaxslar:
  • band bo‘lmagan, daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz shaxslar;
  • spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarga qaram bo‘lib qolgan shaxslar;
  • qimor va boshqa tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarga ruju qo‘ygan shaxslar
  • g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli shaxslar;
  • qarovsiz va nazoratsiz qolgan voyaga yetmaganlar;
  • ishsiz yoshlar va maktab bitiruvchilari;
  • ajrim yoqasiga kelib qolgan va nizoli oilalar;
  • yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar;
  • muntazam tazyiq va zo‘ravonlikka uchrab kelayotgan ayollar;
  • tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan shaxslar.

Shuningdek, huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli mumkin bo‘lgan shaxslar, ya’ni parvarishga muhtoj yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan va og‘ir kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan ham ijtimoiy-profilaktika tadbirlari amalga oshiriladi. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar