Daryo

O‘zbekistonda 10 oyda qancha ish haqi va nafaqa pullari talon–toroj etilgani ma’lum qilindi

Bu davrda kredit mablag‘larining 2,5 trillion so‘mi talon-toroj qilingani aniqlangan

1 daqiqa o‘qish26 168 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda 10 oyda ish haqi va nafaqa pullarining 5,8 milliard so‘mi talon-toroj qilingani aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, 2024-yilning yanvar—oktyabr oylari davomida bunday holatlar ortidan 71 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qayd etilishicha, bu davrda kredit mablag‘lari talon-toroj qilinishini oldini olish, muammoga aylangan kredit qarzdorliklarining qaytarilishini ta’minlash ishlari ustidan  nazorat yanada kuchaytirildi.

Prokuratura aralashuvi bilan qarzdorliklarning 11,6 trillion so‘mi amalda undirildi, 8,9 trillion so‘mlik kreditlar bo‘yicha garovdagi mulklarning sotuvga chiqarilishi ta’minlandi, 1,6 trillion so‘mlik ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qarzdorlarning  ish  haqiga qaratildi.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida kredit mablag‘larining 2,5 trillion so‘mi talon-toroj qilingani aniqlanib, bank va mijoz korxonalar rahbarlariga nisbatan 906 ta jinoyat ishlari  qo‘zg‘atildi.

2024-yilgi investitsiya dasturi asosida qurilish-ta’mirlash  ishlari  amalga  oshirilgan obyektlarda qurilish sifati va mablag‘lardan maqsadli foydalanishga alohida e’tibor qaratilib, 61,2 milliard so‘mlik sifatsiz ishlar va 82,1 milliard so‘mlik qo‘shib yozish holatlari joyida  bartaraf  etilib,  huquqbuzarliklarning oldi olindi.

Mazkur dastur ijrosi bo‘yicha olib borilgan nazorat tadbirlarida qonunni buzgan 466 nafar shaxs intizomiy, 1 854 nafari ma’muriy javobgarlikka tortildi. Qo‘pol qonun buzilishi holatlari bo‘yicha 262 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, davlatga yetkazilgan 71  milliard  so‘m zarar  undirildi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar