Daryo

“Uchinchi jahon urushi boshlandi” — Zalujniy

Ukraina armiyasi sobiq bosh qo‘mondoni endilikda mamlakat qarshisida Rossiya emas, boshqa davlat turganini aytdi

2 daqiqa o‘qish115 071 ko‘rishlar0 izoh0

Ukraina armiyasining sobiq bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy uchinchi jahon urushi rasman boshlanganini aytdi. Bu haqda “Ukrainskaya pravda” xabar berdi.

Foto: AP Photo
Mening fikrimcha, 2024-yilda uchinchi jahon urushi boshlanganini mutlaq aniqlik bilan ayta olamiz, dedi hozirda Ukrainaning Britaniyadagi elchisi vazifasini bajarayotgan Zalujniy.

U 2024-yilda Ukraina qarshisida endi Rossiya emas, boshqa davlat turganini ma’lum qildi.

Ukraina qarshisida Shimoliy Koreya askarlari turibdi. Keling, ochig‘ini aytaylik. Allaqachon Eron Shahed’lari tinch aholini ochiqchasiga, hech narsadan uyalmasdan o‘ldirmoqda. Ukrainaga allaqachon aynan Shimoliy Koreyada ishlab chiqarilgan raketalar uchib kelmoqda va ular buni ochiq-oydin e’tirof etmoqda, dedi sobiq qo‘mondon.

U hozirda Shimoliy Koreya va Xitoy qurollari yordamida hujum qilinayotganini ta’kidladi. Zalujniy Ukraina ittifoqchilarini to‘g‘ri xulosalar chiqarishga chaqirdi va qo‘shimcha qildi:

Buni shu yerda, Ukraina hududida to‘xtatish mumkin. Lekin negadir hamkorlarimiz buni tushunishni istamayapti. Shubhasizki, Ukrainaning dushmanlari juda ko‘p. Ukraina texnologiyalar yordamida omon qoladi, ammo u bu jangda yolg‘iz g‘alaba qozonishi aniq emas, dedi Zalujniy.

Ukrainadagi so‘nggi vaziyat

19-noyabr kuni Ukraina armiyasi Rossiya hududiga AQSHning uzoq masofaga uchuvchi ATACMS raketalari bilan zarba berdi. Hujum Bryansk viloyati Karachev shahridagi harbiy obyektga qaratilgan. ATACMS’ning maksimal uchish masofasi 300 kilometrni tashkil qiladi.

AQSH prezidenti Jo Bayden 17-noyabr kuni mazkur raketani Rossiya ichkarisiga qo‘llashga ruxsat berdi. Ukraina uzoq vaqtdan beri G‘arb qurollari bilan Rossiya hududiga zarba berishga ruxsat etilishini kutayotgandi. Kreml rahbari Vladimir Putin esa bunday qurollarni Rossiyaga qarshi qo‘llash urushga kirishishni anglatishidan ogohlantirgan.

21-noyabr kuni Rossiya ilk bor Ukrainaning Dnepr shahri bo‘ylab qit’alararo ballistik raketa uchirdi. Hujum Astraxan viloyatidagi poligondan amalga oshirilgan. Qit’alararo ballistik raketa besh ming kilometr masofani bosib o‘tishi mumkin, ammo ularning ba’zilari to‘qqiz ming kilometrdan ortiq masofaga mo‘ljallangan.

Dastlab raketa hujumi haqida Ukraina Qurolli kuchlari xabar bergan. Keyinchalik ma’lumotni Rossiya prezidenti tasdiqlagan. Putinga ko‘ra, Rossiya Amerika va Britaniyada ishlab chiqarilgan qurollarning mamlakat hududiga hujumlariga javoban “Oreshnik” raketasidan foydalangan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar