Daryo

Yevropa ittifoqi Ukrainaga bir million snaryad yetkazib berdi

Urush boshidan beri Ukrainaga ko‘rsatilgan yordam miqdori ma’lum qilindi

1 daqiqa o‘qish6 530 ko‘rishlar0 izoh0

Yevropa ittifoqi 2024-yil bahorigacha Ukrainani bir million artilleriya snaryadi bilan ta’minlashga va’da bergandi. Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel mazkur va’da bajarilganini aytdi.

Foto: Depositphotos
Biz Ukrainaga 1 million snaryad yetkazib berish bo‘yicha o‘z va’damizni bajardik va qish oxirigacha 75 ming ukrainalik askarni tayyorgarlikdan o‘tkazamiz, degan u.

Borrel Yevropa ittifoqi va unga aʼzo davlatlar Ukrainaning eng kuchli tarafdorlari bo‘lib qolishi hamda ittifoqning Kiyevga yordami ortishini aytdi. Biroq u hozirgi qo‘llab-quvvatlash darajasi jang maydonidagi vaziyatni Ukraina foydasiga o‘zgartirish uchun yetarli emasligini ham tan oldi.

Biz yordamni kuchaytirishimiz va Ukraina himoyachilariga qizil chiziqlar qo‘yish siyosatidan voz kechishimiz kerak, dedi Borrel.

Yevropa diplomatiyasi rahbariga ko‘ra, ittifoq keng ko‘lamli urush boshidan beri Ukrainaga 45 milliard yevrolik harbiy yordam ko‘rsatgan. 

Ukraina uchun bir million snaryad

2023-yilning mart oyida Yevropa davlatlari Estoniya tashabbusi bilan Ukrainaga bir million artilleriya snaryadlari yetkazib berishga kelishib olgandi. Biroq ittifoq a’zolari ishlab chiqarish quvvatini to‘g‘ri baholay olmagani, logistika zanjiridagi muammolar sabab belgilangan maqsadga erishib bo‘lmadi.  

Masala mavjud zaxiralarni yetkazib berish haqida emas, balki ishlab chiqarish quvvatida edi. Biz bahorga qadar bir million snaryad darajasiga erishishga va’da berganimizda, haqiqiy imkoniyatlarimizni bilmasdik. Endi bu quvvatga erishdik, degan Borrel.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar