Daryo

Bayden Ukraina uchun Kongressdan yashirincha 24 mlrd dollar so‘radi — Politico

Maxfiy murojaat dekabr oyida muhokama qilinishi kutilmoqda. Ilon Mask buni qoraladi

2 daqiqa o‘qish10 075 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Jo Bayden Pentagon zaxiralarini to‘ldirish va Ukrainaga yordam berish uchun Kongressdan qo‘shimcha 24 milliard dollar ajratishni so‘radi. Bu haqda Politico xabar berdi.

Foto: Reuters

Siyosatchining murojaati dekabr oyida ko‘rib chiqilishi mumkin. Nashr Oq uy byudjet boshqarmasi hujjati bilan tanishib chiqqan.

Bayden qonunchilardan Ukrainaga qo‘shimcha 24 milliard dollar yordam ajratishni va Rossiyaga qarshi kurash uchun jo‘natilgan Amerika qurol-aslahalarini yangilashni ko‘zda tutgan uzoq muddatli so‘rovni yashirin tarzda taqdim etdi, deyiladi xabarda.

Hujjat hukumat moliyalashtirishining yangi qismiga qo‘shimcha sifatida kiritilgan, u ehtimol kelgusi oyda qabul qilinadi.

So‘rovning uchdan ikki qismi Pentagon zaxiralarini to‘ldirishga yo‘naltirilgan. Biroq, hujjatda bu mol-mulk keyinchalik Ukrainaga o‘tkaziladimi yoki yo‘qmi aniq ko‘rsatilmagan, garchi AQSH tomonidan yetkazib berilgan jihozlarning sezilarli qismi shunday qilingan bo‘lsa-da. Sakkiz milliard dollarni esa “Ukrainani qo‘llab-quvvatlash tashabbusi” deb nomlanuvchi dasturga yo‘naltirish rejalashtirilmoqda. Amerikalik milliarder Ilon Mask allaqachon Baydenning murojaatiga munosabat bildirib, uni “yaxshi emas” deya izohlagan.

AQSHning Kiyevga yordami ikki asosiy yo‘l bilan amalga oshiriladi: Pentagon omborlaridan harbiy mol-mulkni jo‘natuvchi PDA tashabbusi, yangi uskunalarni sotib olishni nazarda tutuvchi USAI.

Hozirgi ma’muriyat Baydenning muddati tugagunga qadar — 2025-yil 20-yanvargacha — Ukrainaga kelishilgan barcha mablag‘larni ajratish niyatida ekanini bir necha bor e’lon qilgan. Mazkur summa taxminan 9 milliard dollarga yetadi.

AQSH harbiy yordamiga Rossiyaning pozitsiyasi

Rossiya Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishni muammoni hal etishga to‘sqinlik qilishi, NATO davlatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga jalb etishi va “olov bilan o‘ynashish” deb hisoblaydi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol-yarog‘ tashiyotgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini ta’kidlagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH va NATO nafaqat qurol yetkazib berish, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va boshqa davlatlar hududida kadrlar tayyorlash orqali ham mojaroda bevosita ishtirok etmoqda. Kreml esa G‘arbning Ukrainani qurol bilan ta’minlashi salbiy oqibatlarga olib kelishini bildirgan.

Rossiya tahdidli bayonotlariga qaramay, o‘zi ham Shimoliy Koreya harbiylarini urushga jalb qilmoqda, jang maydonida Eronning “Shahed” dronlaridan foydalanmoqda. 

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar